Shu kunlarda internet
tarmog`ida (gazeta jurnallardan tez tasir maydonida) alifbomizga “osilish”
mavzusi keng avj oldi. Har bir kishi o`z fuqarolik pozitsiyasini bildirishga
xarakat qilyapti. Bu xol normal xol xisoblab, hammani fikrini o`qib borayotgan
bo`lsam-da, lekin so`ngi o`qigan maqolam, aynan journalist deb o`zini
tanishtirgan, demak bu sohani 4-5 yil o`qib, hozirgi dardagi menga o`xhagan
havaskor qalam tebratuvchilarga o`z (!) sohasi bo`yicha yozishdao`rnak bo`lishi
kerak bo`lgan bir kishini yozganlarini har bir satrini o`qib , yozish
madaniyatidan totib fikrlashlarigacha yoqa ushladim… bu kishi Japaqov Mirzabek
ismli huquqshunos journalist ekanlar.
Muhtaram Mirzabek aka,
yozgan maqolangiz kompyuteringizdan internet tarmog`iga ko`chdimi, edi uning uchun
siz har bir qatoriga mas`ulligingnizni men aytishim shart emasdir?
Shahnoza To`raxo`jayeva
o`z maqolasida hech bir alifboga o`tishni targ`ib qilmagan. Buni u facebook
sahifasida ham, siz aytgan o`sha iqtisodchi Hotamxon Luqmonov «O’zbek olimasiga
raddiya: «Lotin alifbosi millatimiz uchun zarur»» sarlavhali maqolasi kun.uz da
e`lon qilinganda ham aytib o`tgan. Hotamxon Luqmonov adashgan bo`lsa uni yana eslab,
aytib yurish shart emas, fikringizni Shahnoza To`raxo`jayevaga bildirganingizda
ham osongina javob olgan bo`lardingiz.
“Иқтисодчи Ҳ.Луқмонов эса шахсий нуқтаи назарданкелиб чиқиб фикрини билдирган. У лоақал касбидан келиб чиқиб, масаланинг иқтисодий томонини яъни, кирилл алифбосида йиллар давомида яратилган на пул ва на тилла билан ўлчаб бўлмайдиган хазинамизнинг, жаҳон адабиёти дурдоналарнинг ҳавога учишини ўйлаб ҳам кўрмаган”
Hurmatli Mirzabek
Japaqov, siz yaqin orada qaysi kutubxonaga kirib ko`rdingiz? Maktab va tuman
kutubxonalaridan kirill alifbosida yozilgan kitoblarni qayta ishlab lotin
tilida kitob qilish jarayonlari bir necha yillardan buyon davom etayotganini
naxotki ko`rmayotgan bo`sangiz? Yoki nazaringizda siz aygan kitoblarbiron kun
yana sizdek “zabardast”lar chiqib, kirill alifbosiga qaytamiz, deya biron
omborlarda yig`ib turilibdi deb o`ylab
yurganmidingiz? Na pul va tilla bilan o`lchab bo`lmaydigan kitoblar 24 yildan buyon siz va mening, xalqimizning
puliga siz va mening farzandlarimizni kelajagini o`ylab lotin alifbosida qayta
nashr etilayotganini payqamadingizmi? Siz shuncha kitoblarimizni iqtisodiy
tomonini o`yladingizmi? Nega o`sha 1993-yilda shu gaplaringizni aytmadingiz,
nega 24 yil jim yurdingiz?
“Хўш, энамиз лотиндан тарқаганмиди-ки, бу алифбо миллатимиз учун шунчалик зарур бўлса!? Бешигимизни лотинлар тебратганмиди-ки, уларнинг алифбосига ўтишимиз шарт бўлса!?...”
Bunisini kechirasizu odnoklasnikida
yosh bolalarda ham o`qimagan jumlam desam bo`ladi, sizga jurnalistika
fakultetida nutq madaniyati va yozuv madaniyatini, fikrni xalqqa yetkazish
madaniyatini qanday o`rgatishganini tasavvur qildim, ustozlaringizga rahmat!
Xo`p mening enam lotindan tarqamagan, kirilldan ham, lein siz nega aynan
bugunga kelib kirill alifbosini qo`msab qoldingiz< yo sizning enangiz kirilldan
tarqaganmi? (savol qattiq tegdimi, qattiq teegadi, izning savolingiz ham butun
xalqqa qattiq tegdi-da!) yoki sizga kirill alifbosini qo`llab yubor, degan
biron “iltimos” bo`ldimi? Xar xolda shaxsiyatnida oraga tiqib kurashga
chog`langaningizdan shunday fikrga kelishi mumkinda odam…
“…Айнан мана шу кирилл имлоси туфайли қисқа муддат ичида СССР халқлари, жумладан, ўзбек халқининг ҳам саводсизлиги тугатилди. Ўзбек халқи айнан мана шу имлода ўлмас асарлар яратди, кашфиётлар, илмий ишлар қилинди…”
Sizningcha alifboni
inson aqliy salohiyatini oshirib yuboradigan ta`siri bormi? Dunyoning buyuk
daholaridan xisoblangan Beruny, al Xorazmiylar kirillda yozganda sizningcha
yanada buyuk kashfiyotlar qilib yuborarmidi, yoki mir Alisher Navoiy davrida kirill
bo`lmagani ijodiga ta`sir qilganmi?
“Бугунги кунда ҳам тиш тирноғи билан лотин ёзуви ҳимоясига четда туғилган ўзбеклар номидан чиқаётган беш-олтита лўттибозлар мана шуни кўзлаганмиди?...”
Daxshat!
Izohlagani qalam ojiz
so`zlar… bilasizmi (bilasiz) shu kunlarda lotin alifbosini ximoyasida turgan ziyolilarimiz
kim, O`zbekiston xalq shoiri, ijtimoiy
tarmoqda mash`al bo`layotgan, o`z shaxsiy saytini ikki alifboda barobar
yuritayotgan Xurshid Davron va boshqa shunday jonkuyar insonlar! Ular, siz
aytayotgandek, o`z asarlarini umri davomida kirill alifbosida bitganlar, lekin
butun xalq, O`zbekiston xalqi uchun lotin alifbosi ma`qul deb topilib bu haqda
bir qarorga allaqachon kelib bo`lingani uchun endilikda yana alifboni ko`r
ko`rona almashtirish millatni savodsizlik sari yetaklash ekanligini his qilgani
uchun lotin alifbosini qo`llab quvvatlamoqdalar, siz kabi erinchoqlik qilib bittagina alifboni o`rganmayotgani
uchun osongina yana almashtirishni ko`tar-ko`tar qilishga o`tishmadilar, o`ylaymanki, ular hozir lotin emas xitoy
iyerogliflari bo`lganda ham mallat manfaatlari uchun o`sha alifboni ximoya
qilishar edi, sizga o`xshab har yigirma yilda bir butun bir avlodni tajriba
quyonchasi qilib yuborishdan oldin, shunga chorlash maqolasi yozishdan oldin
ozgina (aqlli odamlar uchun ko`p shart emas) o`ylab olishar edi.
Aytgancha siz
huquqshunos ham edingizmi, “lo`ttivoz” degan so`zni ma`nosini va kelib chiqish
tarixini bilasizmi, Lut alayhissalom tarixini qisqagina o`qib ko`rganmisiz
umringiz bino bo`lib? Nima haqqingiz bor xalqni xaqorat qilishga?!
“…Яна шуниси ажабланарлики, бу “ташаббускор”лар ўзларини саводли қилган, кирилл имлосида нуфузли олий ўқув юртларида ўқиган, илмий ишлари, асарлари шу имлода чоп қилинган, уларни нафақат Ўзбекистон балки бутун СССРга танитган кирилл имлосига ўша пайтда очиқчасига хиёнат қилганидир…”
Siz o`sha paytda qayerda
edingiz, nega kirilldan voz kechmaylik, deya dod faryod qilmagansiz o`zingiz?
Men aytganman, ular yo`q degan, deya olasizmi? Yo`q-a?
“…Нима учун уларнинг саводига тўғаноқ бўлаётган имлодан воз кечиш мумкин эмас экан?...”
Evrika! 2017-yilga kelib
bir journalist Mirzabek Japaqov yoshlarimizning savodiga shu paytgacha
lotin alifbosi to`ganoq bo`layotganini
“ixtiro” qildi! Qarsaklar buyuk mantiqqa!
“…Ёшлар нафақат ўзбек адабиёти, балки, Чингиз Айтматов, Гёте, Теодор Драйзер, Жек Лондон сингари кўплаб жаҳон адабиёти намояндаларининг мумтоз асарларини айнан кирилл имлосида севиб ўқимоқдалар…”
O`zingizning yuqoridagi
so`zingizni o`zingiz inkor qilayapsizmi, boyagina yoshlarimizning savodiga achinib turgan edingizku, demak ular
sizdan farqli o`laroq kirill alifbosini ham o`rganib borayotgan ekanlarku? Ulr
qiziqishga kirill alifbosini ham lotin alifbosi kabi parallel o`zlashtirgani
uchun siz kabilar lotin alifbosidagi matnni o`qishga qiynalayotganingiz uchun dunyoning
14% aholisi foydalanayotgan lotin alifbosidan, 20 yildan buyon bu alifboda
chiqarilgan millionlab nusxa kitoblardan bir kunda voz kechib, dunyoda 4 % odam
foydalanayotgan kirill alifboga qaytishimiz kerakmi? Mustaqillik davrimizdagi
yoshlarga , tahminan 17 million yoshlarning kelajak savodiga siz kafolot
berasizmi, siz o`z maqolangiz uchun ham javob berishingiz qiyin bo`lgan xolda
butun millat ustidan qarg`anishga, xaqoratlashga hamda eng muhimi xukm qilishga
hech qanday xaqqingiz yo`qligini million
marta eslatishga tayyorman!
Isroiljon Tillaboyev
Matematika fani o`qituvchisi,
Xalq ta`limi a`lochisi
Комментариев нет:
Отправить комментарий