Xullas bu blogpostni yozishimdan maqsad, avvalo yaxshi niyat bilan yozmoqdaman, Umid qilamanki kelajakda shu blogni o`qib o`sha davrda shunday bo`lgan ekanda essiz, deyishlari uchun.
Kuni kecha Respublika ishchi guruhidan komissiya keldi, men har bir dasimga konspektni chiqarib kirar edim, yilligini qilganman 3-4 yil.
Aksiga olib boshqa darslaimga konspektlarim bor, aynan shu darsnikini shu izlasam ham topolmadi.
tanaffusda ko`rsatganim inobatga o`tmadi, xulas konspekt yo`q deb yozib ketdi, alam qilarlisi shundaki, aaaaaaaynan shu darsga yo`q xolos, bir yil davomida shu komisiya kelishini kutib chiqargan 3 ta fayl papka to`la konspektlarim bir tiyin bo`ldi-da, bir darsga konspektsiz kirib qo`lga tushdim, atay qilgandek. u ketgach yig`ilish bo`ldi, jamoa oldida xijolat bo`ldim. ertasiga yana yg`ilih bo`ldi, xullas o`sha komissiya yozib bergan xisobotda. Direktorimizni bizning orqamizdan butun tuman raxbariyati oldida nima desa deptilar... eng qizig`i butun tumandan Viloyat bosqichida 10 ta Bililmar Bellashuvi g`olibi chiqqan bo`lsa 7 tasi bizning IDUMImizdan, va yana undan ham qizig`i, tuman boyicha Viloyat Bellashuvida 2 ta 1-o`rin chiqqan bo`lsa undan bittasi mening o`quvchim edi!!!
Yo`q, shunday maktab ham va shunday o`qituvchi ham bir kunda bir soatgina konspektsiz kirgani uchun bir pulga chiqarildi.
Men doim aytib kelganman: men haaaaaar qnday qog`ozlarni yomon ko`raman, konspekt men uchun komissiyaga ko`rsatilivchi majburiy qog`oz, bir tiyin! Ta`lim sifati Inspeksiyasi so`rovomasiga ham, Sof.uzdagi maqolamda ham konspektga qarshi bo`lganman, doim qarshiman!
Marxamat amaliy nazorat qilinsin, nima endi men konspekt yozsam bilimli bo`lib qolamanmi, shunday o`qituvchlarni ko`rganman, 9-sinf masalasni xato ishlaydi, ular bir umr konspekt yozganlar, ularga nimaga tasir qilmagan konspekt? Nimaga Singapur yoki Koreyaniki kabi konspektsiz dars o`tishimizga ishonishmaydi, o`sha konspektni yozsagu darsga kirib ertak aytib bergan bo`lsak, yaxshi dars o`tilgan bo`ladimi? (konspekt bo-ku xarxolda :) ) yoki konspektsiz darsga kirib o`quvchilar qiziqishlariga qarab yonib yondirib o`tishimizga ishonishmaydimi? Kim uchun yozyapmiz, masalan men konspektni majburan komissiya uchun yozaman, undagi emas boshqa undan qiyinroq bo`lgan misollarni, kerak bo`lsa dars paytida uchragan muammoli misollarni berib ishlataman bolalarga...
Xullas, umid qilaman, bir kunmas bir kun eskilik sarqiti bo`lgan konspekt yozish tugatiladi-da, o`quvchilar bilimini xoxlagan usulda ko`tar, faqat javob bersang bo`ldi bilimiga, degan qoida tatbiq qilinadi, mazkur blog o`sha kunlarda o`qilishi uchun, tarix uchun yozib qo`yildi!

Комментариев нет:
Отправить комментарий