Hozirgi davr pedagoglari oldida har zamondagidan
ko`ra yelkasida mas`uliyat kattadir. O`qituvchi maktabda ta`limni ham tarbiyani ham birgalikda olib borishi
muhimdir.Darsga kirganimda o`quvchilarga hamma o`qituvchi qatori fanim bilan
bir qatorda tarbiyaviy ishlarni ham yonma yon olib boraman. Bir darsda
o`quvchilar bilan Vatan oldida fuqarolik burchi haqida suhbat ketdi. Bu mavzu
aslida har bir o`qituvchi o`rgatishi lozim bo`lgan eng dolzarb tushuncha deb
bilaman. Yurtboshimiz aytganlaridek hozirgi kundagi bo`layotgan tezkor davrda
biz o`quvhilarimizni Vatanga sodiq qilib o`stirishimiz eng dolzarb ish bo`lib
bormoqda. O`quvchilarimiz ziyrak, zehnli. Hozirgi davr oquvchilari beradigan
savollar kopchilikni o`ylatib qo`yishi mumkin. Bu mustaqillik mevalaridir.
Bundan fahrlansak arziydi. Suhbat jarayonida o`quvchilar o`zlarining
burchlarini gapirib o`tishdi. Men ularga shu bugungi kunda Vatan oldidagi
burchingizni bajaryapsizlarmi, dedim. Ikkilanishdi. Bir o`quvchi hali armiyaga
borsak albatta bajaramiz, deya yarim hazil javob aytdi. Men, to`g`ri, vatanni
qo`riqlash har bir yigit va qizning eng muqaddas burchi, lekin buning uchun
armiya yoshiga yetishishni kutish shart emas, siz uy vazifalaringizni turli
tuturiqsiz kompyuter o`yinlariga berilmasdan ado etyapsizmi? –ha, deya javob
berishdi. –ana shu narsa vatanni qo`riqlayotganingizga misol bo`ladi. Chunki
siz vatanning farzanlarisiz, siz o`zingizni zararli narsalardan himoya
qilyapsiz, siz Vatanni farzandini himoya qilyapsiz, siz demak Vatanni ertasini
himoya qilyapsiz, deya tushuntirdim bola tilida.
So`ngra
o`ylanib qoldim. O`quvchilar burchini shu kabi xayotiy misollar orqali
tushuntirdim. O`qituvchilar burchi nimalardan iborat. Yoshlarimizni shunday
to`g`ri yo`lga boshlashimiz biz pedagoglarning
vatanimiz oldidagi hmda bizga o`z farzandini ishonib topshigan ota
onalar oldidagi ado qilish shart bo`lgan burchdir. Chunki hozirgi yosh avlod
oldida tanlash imkoniyatlari ko`p bo`lgan vaqtda biz o`zimizning yuksak
qadriyatlarga limmo lim o`zbek milliy qadriyatmizni, vatanimizning dunyo
bo`yicha eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatorida boshqa davlat
ekspertlarining tan olihayotganligini, dunyoda millionlab bolalar xor zor
bo`lib yashab, o`qish tugul, bugun biror daydi o`q menga tegib ketmasmikan,
deya qo`rquv ostida tunni tonga ulab yashayotgan davrda O`zbekiston farzandi
bo`lib tug`ilganimizga shukr qilib, yaxshi o`qishlr ila buni shukronasini
qilishga o`rgatishimiz kechiktirib bo`lmas burchimizdir.
Hurmatli hamkasblar, Vatanimiz oldida fahr bilan
burchimizni bajaraylik!
Комментариев нет:
Отправить комментарий