четверг, 27 апреля 2017 г.

Buyuklik soddalikda


Men ishlaguvchi Yaypan shahar 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatida (IDUMI)ning ilmiy muhiti va potensiali doimo havas qiladigan darajada. O‘quvchilarga bilimni qancha bersangiz shuncha olaman, deydigan, o‘rganishdan izlanishdan to‘xtamaydigan bolalar. Xullas kelajak egalari, haqiqiy bo‘lg‘usi kadrlarimiz, o‘qituvchi ishlab charchamaydigan Internat.

O‘quvchilarimiz o‘z ustida izlanib ajoyib ajoyib izlanishlar, kashfiyotlar o‘ylab topadiki, ularni tahlil qilishdan maza qilasan kishi.

Shunday o‘quvchilarimizdan biri 7 "A" sinf o‘quvchimiz Rustamov Shohrux.

U 5- va 6-sinflarda matematika fanodan viloyat bosqichida jindek omad yetishmasdan 2-o‘rin bilan cheklanib qoldi. Matematik qobiliyatini, masalalarga noodatiy, go‘zal yechimlarini favqulodda topa olishiga biz matematik ustozlari doimo tan beramiz. Haqiqiy tug‘ma talant!

Yilning boshidanoq o‘z sinf kursini tugatadi-da, yuqori sinfga o‘tadi, hech qiynalmaydi, bemalol “hazm qilib ketadi”.

Yaqinda to‘garakda 8-sinf o‘quvchilarimiz bilan bir masalani ko‘rdik va yechish usulini topishni ertagalikka vazifa berib yubordim. Shohrux ham yozib oldi. Masala juda jiddiy edi. 8-sinfning eng eng iqtidorli o‘quvchilari yechishi mumkin bo‘lgan tipdagi masala edi. Mana masalaning qisqacha sharti:


Ungacha men ham hamkasb matematiklar bilan 8-sinf uchun bu masalaning sodda yechimini qanday tushuntirish mumkin, deb maslahatlashdim, baribir 9-sinf mavzusidan chiqaverdi yechim yo‘li... xo‘p iqtidorli o‘quvchiga-ku tushuntira olamiz, bo‘sh o‘zlashtiruvchiga-chi? Matematiklar bir masalaga berilsa miyasida o‘sha masala aylanib yuraverishini hamma matematik biladi. Ertasiga maktabga bordim, 8-sinflardan so‘radim, ular o‘ziga mos yechim topmabdi. Shohrux keldi, domla kechagi masalani yechdim, deb. Hayron bo‘ldim, qani ko‘rsat-chi yechib, dedim. Doskaga yozib-yozib tashladi... ajoyib, o‘ta sodda yechim topgan edi Shohrux!

Bilimi, matematik qobiliyatidan to‘lqinlanib ketdim, boshqatdan yozgin, esdalikka videoga olay, dedim-da videoga oldim. Matematikadan xabardor kishi ushbu yechimning go‘zalligidan albatta qoyil qolishiga ishonaman:


Kuni kecha yana bir quvonarli hol bo‘ldi.

Ma’lumki, bizning matematiklarimizda xuddi fiziklardagi abadiy dvigatel yaratish orzusi kabi masala-faqat sirkul va chizg‘ich yordamida ixtiyoriy burchakni teng 3ga bo‘lish masalasi bor bo‘lib bu ishni uddalash uchun eramizdan avvalgi asrlardan buyon jamiki buyuk matematik olimlar shug‘ullanib kelishgan va oxir oqibat...xuddi abadiy dvigatel yaratish mumkin emasligini isbotlagandek ixtiyoriy burchakni faqat sirkul va chizg‘ich yordamida yasab bo‘lmasligi isbotlandi...

Xullas bizning tinib tinchimas Shohrux bu masalagayam buyuk matematiklar yo‘lidan qolmagandek, 3ga bo‘lish mumkinligini isbotlash haqida anchadan buyon qiziqib qolgan edi, men garchi buning iloji yo‘qligini bilsam ham, mayli bir harakat qilchi, balki biror yo‘li chiqib qolar, degandim, har holda izlanadi, shu bahonada bilimi va tajribasi oshadi, dedim.

Bugun domla, men uddaladim Yo‘lini topdim, deb qolsa. Bir boshdan tushuntirdi, birgalikda tahlil qildik. Ajoyib usul, o‘zidan yuqori 8-sinf geometriyasidan ustalik bilan foydalangan edi! Albatta, afsuski ushbu masalaning yechimi yo‘q, uning yechimida ham uncha muncha matematik kishilar ham e’tibor bermaydigan darajadagi kichik xato mavjud edi, xullas yangi matematik sofizm topgan edi, desagam bo‘laverardi. Unga xatosini tushuntirib berdim, lekin menga uning dunyodagi eng klassik masalaning yechimiga o‘ta yaqin kelganiga, ayniqsa bu yechimni shu 14 yoshligidayoq o‘zidan katta sinf mavzusini qo‘llab topganiga qoyil qoldim. Ushbu yutug‘idan hayratlanib, kelgusida ukalariga namuna qilib ko‘rsatishga arzigulik bu ishini ham tarixga muhrlab qo‘ydim. Mana o‘sha, maktab o‘quvchisi uchun ulkan yutuq bo‘lgan, nafaqat bizning IDUMImiz o‘quvchilariga, balki butun O‘zbekiston yoshlariga namuna qilib ko‘rsatsa arziydigan, yoshlarni ilmiy izlanishga ilhom beradigan bizning o‘quvchimizning masalasi:

Комментариев нет:

Отправить комментарий