среда, 14 сентября 2016 г.

Tanganing boshqa tomoni

Mashhur bo'lish qiyin. Yaxshiyamki bizda paparatsilik rivojlanmagan. Unda mashhurlarimizga yanada qiyin bo'lar edi.
Yaqindagina tugagan Rio-2016 olimpiadasida O'zbekistonni dunyoga tanitib, bizni ruhlantirgan qahramonlarimiz haqida tom ma'noda shunday deyish mumkin: Ular endi mashxur! Endi ularning nafaqat hozirgi, balki o'tmishdagi suratlarini topib olgan jurnalistlar ham ular haqida olamshumul yangilikni xalqqa yetkazgandek his qiladi o'zlarini.
O'zbek blogerlari ichida eng ko'zga ko'ringan Sanjar Said ham bugun 1-2 ta bizning sportchilarimizning suratlari haqida o'z fikrini bildirib blog yozdi. Bu blog ijtimooy tarmoqda keng muhokama bo'lib ketdi. Menimcha hali blogda yilga olingan yigit qizlar bu xaqda xabardor emaslar, ular ham albatta bugun erta ko'rishadi va o'z fikrlarini bildirishadi.
Men e'tibor bergan jihatim, bu yigitlar shov shuvlo g'alabalarini hali nishonlamoqdalar. Va ishonamanki, bir piyola choy ustida suhbatinguzni olaylik, degan ularning do'stlari hali ko'p. Biror daftarga yozib har kungi mehmondorchilik ba uchrashuvlarini qayd qilib qo'ygan bo'lishlarigayam ishonaman: bu tabiiy xol. Chunki shinday suhbat qursak, taassurotlarini o'zidan eshitsak  qaniydi deb o'ylab yurganlar orasida biri men ham borman ))
Albatta sportchi qahramonlarimiz bilan suratga tushishni istagan uning qiz do'stlarni ham kam deb o'ylamayman. Maqtanish yoki faxr bilan ijtimoiy tarmoqdagi profiliga qo'yishlari ham tabiuy. Suratga qarab ular shunchaki shunday mehmondorchilikda tushgan suratlari, yolg'iz emasligini ko'rish mumkin. Yana shuni ta'kidlamoqchimanki, bu surat qachon tushilganligi haqda ham ma'lumotga ega emasman. 
Agar yomon niyatda uchrashishgan bo'lganlarida ishonamanki uni tarmoqqa joylashtirmagan bo'lar edilar. 

Xulosam shuki, bir narsani yuz xil qarab turli xil munosabat bildirish mumkin, mana shunday holda keling biz o'z qahramonlarimizni, Jaxon arwnalarida O'zbekiston uchun, siz va mening sha'nim uchun kurashib bizni yanada dunyoga tanitgan yigitlarimizni sha'nini pastga urmaydigan nekbin xulosa qilaylik? Xato ko'rgan bo'lsak, ijtimoiy tarmoqdagi akkuntiga shaxsiy sms yozib nasihat qilaylik?

Комментариев нет:

Отправить комментарий