понедельник, 7 мая 2018 г.

Blogerlar chempionat 2018

2018-yil 1-may kunidan Blogerlar Chempionati xabar.uz saytida e`lon qilinib start berildi.
Quyidagi havolada va shu xabarga monand boshqa maqolalarda chempionat bilan tanishishiniz mumkin.
men ham 2014-yilgi Blogerlar chempionatida debyut qilganman. natija yomon bo`lmagan: 250 tacha(adashmasam) blogerlar ichida finalgacha chiqib 6-o`rinni egallaganman.
Bu haqda quyidagi havolada o`qishingiz mumkin

Bu yilgi chempionatdan umidim katta, Xudo hohlasa kuchli uchlikdan birini egallashni niyat qildim. nizomga ko`ra hozir saralash bosqichi, keyingi bosqichga 50 kishi o`tishi belgilangan.
 shudaqiqalarda 275 ta blogpost kelib tushdi, www.blog.xabar.uz saytida chempionat qizimoqda. Hakamlar ko`plari qoralama daftarlariga qo`yib borishib hali saytda baholarini qoyishgan yo`q, deylik bir blogga kopi bilan 15 ta hakam (o`rtacha 4-5 ta hakam) baholashdi. tanlov saralashi davom etmoqda. 20-mayga to`xtatiladi bu jarayon.
Shu hozirgi xolatda 30-o`rinda ketmoqdaman, hali hammasi nisbiy, baxolar ozgarib ketishi turgan gap.
Xullas yurak xayajonda, keyingi bosqichga eson omon o`tib olsam, an`anaviy ishm, o`z soham ta`limtizimiga doir tayyorlab qo`ygan, lekin e`lon qilmaslikka majbur bo`lib yurgan bir ma``olam bilan qatnashaman.
Omad tilanglar azizlar! (Sovrinli o`rinni olsam qishlog`imizning bir yumushini niyat qilib qo`ydim, o`sha ishni amalga oshiraman Xudo hohlasa!)

1 комментарий: