Assalomu alaykum Saodatxon opa!
Sog'liklariz yaxshimi, kayfiyatlariz a'lomi? Bugun sizga doimgi ukangiz
sifatida emas, balki bir fuqaro sifatida murojaat qilishga ruxsat
bersangiz...
Opa,
sizni necha yillardan bilaman, ko'ngli ochiq, samimiy, doim barchaga yaxshilik
qilguvchi insonsiz. Bugungi kunda siz Prezidentimiz tomonidan aytilgan xalqning
dardini, muammolarini yo'q qilaylik, deya baralla aytilgan chaqiriqqa "labbay" deb xizmatga tushish baxtiga, Hukumat nomidan xalqning dardini eshitguvcholar
qatorida viloyatlarga yuborilganlardan birisiz. Bu, opa, ulkan mas' uliyat
ekanligini men aytmasam'da bilasiz! Siz hal etayotgan har bir muammoning egasi
sizni va davlat boshliqlarini yurakdan duo qiladi.
Opa siz
shunday mas' uliyatli vazifani ado etishga kamarbasta bo'ldingiz, sizga yana
qo'shimcha qilmoqchi bo'lganim shuki, tumanlarda yurganingizda xuddi
Prezidentimizdan o'rnak olib xizmat qiling, boshliqlar bilan emas, oddiy aholi
bilan ko'proq gaplashing, mehmonxonada emas, qishloq uylarida bir kecha, bir
kecha yashang, ularning turmushi, uy joylarini qanday isitishi, ko'mirni bir
qopini necha so'mdan sotib olishayotganini, svet qachon o'chib, qachon
yonishini, oilasida kichik ishlab chiqarish sexi ochmoqchi bo'lgan, uydagi
kelinlarni shu sex yordamida ish bilan ta'minlamoqchi bo'lgan oilalarga bu
to'sqinlik qilayotganini o'z ko'zlaringiz bilan ko'ring.
Kollejlarda
hujjatlariga- qog'ozlariga qaramang (zora shunda hozirgi boshliqlar
qog'ozbozlik davri o'tganini, endi bu qog'ozlar ish bermasligini sezishsa,
sezishmasa tushuntiring!), kollej o'quvchilari bilan o'qituvchilarini
xonalardan chiqarib yuborib, dildan gaplashing, nega davomat past (siz borganda
albatta davomat yuqori bo'ladi: bunga ishonmang, siz balki eshitgandirsiz
(ishonaman) shunday kollejlarni eshitganmizki, biror tekshiruvchi kelganda, hatto o'sha kollej o'quvchisi bo'lmagan o'quvchilarni sinfxonasiga olib
kirib, o'tirgizib qo'ygan, hushyor komissiya ularning daftarlarini
oddiygina tekshirib, 2 ta savol orqali buni fosh etgan voqealarni
eshitganmiz...) nima qilib bersak siz yoshlarni kollejga chaqira olamiz,
majburiy emas, o'z xohishingiz bilan kelasiz, deya so'rang. Sizning
faoliyatingiz shu bolalar bilan o'tgan, 5-10 minutda o'sha bolalarning
o'zlariga yechim topib bera olishingizga ishonaman, balki shu yechim butun
O'zbekiston kollejlarini qiynab kelayotgan, Prezident kuyunib gapirgan davomat
muammosini hal qilib berar?!
Yana
bir gap, borgan joylaringizda siz kabi muammolarni o'rgangani kelguvchilarga
tayyorgarlik qilib hujjatlarini apil-tapil qilayotgan va xodimlariga ham
Respublikadan komissiya kelyapti, deb qo'rqitayotgan boshliqlarga, yaxshilar biz
komissiya emasmiz, biz muammolarni o'rganib, hal qilgani keldik, deb quying :)
Saodatxon
opa, bunday hukumat vakilliklarining hamma joylarga yuborilishi ertangi
rivojlanishimizga katta xizmat qiladi, hozirgi kunda o'rganilayotgan muammolar
qay darajada hal bo'lishi o'sha joy aholisining keyingi yillarda yashash
sharoitlarini belgilab beradi, yaxshilab beradi.
Ko'p
gapirib yuborgan bo'lsam uzr so'rayman, sizdek opamga yurak yutib dardimni
yozganimni to'g'ri tushunasiz, bu gaplar aslida siz orqali siz kabi
joylarda yurgan hukumatimiz vakillariga ham atalganini sezgandirsiz
Saodatxon
opa, sizga va sizning sheriklaringizga shunday savobli ishda ulkan sog'lik,
salomatlik, g'ayrat-shijoat, xalqimiz va Prezident ishonchini oqlashingizda
omad tilab qolaman!